Gapiring v1
O‘z qurilmangizda ishlaydigan o‘zbekcha matn → ovoz. Edge telefonda, kompyuterda yoki brauzer oynasida ishlaydi; Large — serverda yoki ish kompyuterida. Bulut ham, internet ham kerak emas — matn turgan joyida ovozga aylanadi.
To‘rtta qo‘ng‘iroq, har biri ikkala modelda: bitta suhbatning o‘zida ovozlar, rollar va hissiyotlar almashib boradi. Har bir jumla — tahrirlanmagan uchta urinishning eng sarasi.
Edge stol protsessorida, 2 oqim.
Bitta ovoz, ikki o‘lcham.
Ikkalasi ham bir xil ikki ovoz, rol va ohangda gapiradi. Qayerda ishlashiga qarab tanlang.
Telefon, brauzer va oddiy protsessorlar uchun
- 110 mln parametr, 117 MB
- Birinchi tovush 21 ms da, real vaqtdan 9,7× tezroq
- Brauzerda ham ishlaydi
Server va ish kompyuterlari uchun, ovozi tozaroq
- 336 mln parametr, 346 MB (int8) yoki 1,3 GB (to‘liq aniqlik)
- Birinchi tovush 68 ms da, real vaqtdan 3,8× tezroq (int8)
- Eshitishga tozaroq, ayniqsa ayol ovozi
Tezlik stol kompyuteridagi Intel i5-13600KF da, 2 oqimda; batafsil — «Tezlik» bo‘limida.
Uchta rol, yigirmadan ortiq ohang, ikkita ovoz.
Har bir jumlada rol va ohang nomi bilan beriladi. Bu yerdagi barcha namunalar — Gapiring Edge v1, uchta dubldan eng tozasi, montajsiz.
Operator
Mijoz bilan gaplashadigan koll-markaz ovozi.iliq
Birinchi qo‘ng‘iroq va salomlashish: samimiy, shoshmasdan.
Alyo, assalomu alaykum! Men Namuna kompaniyasidan Jasurman, saytimizda qoldirgan so'rovingiz bo'yicha qo'ng'iroq qilyapman.
quvnoq
Xushxabar, tabriklar, tasdiqlangan ariza.
Xushxabar bor, buyurtmangiz muddatidan oldin tayyor bo'ldi, bugunoq olib ketishingiz mumkin!
hamdard
Uzr va shikoyatlar: yasamaliksiz, chin ko‘ngildan hamdardlik.
Bundan juda afsusdaman, vaziyatingizni to'liq tushunib turibman, masalani hoziroq o'zim hal qilaman.
xotirjam
Qadam-baqadam tartib; xavotirdagi mijozni tinchlantiradi.
Xavotir olmang, kartangiz xavfsiz joyda, avval uni vaqtincha yopamiz, keyin yangisini ochamiz.
ishonchli
Taklif va sotuvlar: dadil, qarorga yetaklaydi.
Bugun ro'yxatdan o'tsangiz, birinchi oy mutlaqo bepul bo'ladi, bu imkoniyatni boy bermang.
lo‘nda
Tasdiqlashlar: qisqa va lo‘nda.
Ma'lumotlarni tekshirdim, hammasi to'g'ri, ertaga soat o'nda yetkazib beramiz.
donalab
Buyurtma raqamlari va kodlar: sekin, bittalab.
Buyurtma raqamingizni yozib oling: to'rt, sakkiz, ikki, bir, uch.
neytral
Balanslar, holatlar, faktlar: tekis va aniq.
Hisobingizda hozir bir million ikki yuz ellik ming so'm mablag' qolgan.
Yordamchi
Ilova, kiosk yoki qurilmadagi jonli yordamchi.iliq
Salomlashadi va yordam taklif qiladi.
Assalomu alaykum! Namunaning sun'iy intellekt yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?
quvnoq
Bildirishnomalar va xushxabarlar.
Ajoyib yangilik! Buyurtmangiz yo'lda, bugun kechqurun yetib keladi.
hamdard
Sog‘liq va noxush holatlar: ehtiyotkor va e’tiborli.
Bosh og'rig'i juda charchatadi, o'zingizni ehtiyot qiling, sizni bugunoq shifokor qabuliga yozib qo'yaymi?
taskinli
Nimadir xato ketganda: foydalanuvchini tinchlantiradi.
Tushunaman, bu juda noqulay holat. Xavotir olmang, hozir birga hal qilamiz.
xotirjam
Ilova sozlamalari bo‘ylab shoshmasdan yetaklaydi.
Bemalol davom etamiz, endi tilni o'zgartirish tugmasini bosing va ro'yxatdan o'zbek tilini tanlang.
donalab
Telefon raqami yoki kod — yozib olishga ulgurish uchun sekin.
Aloqa raqamimizni yozib oling: to'qqiz, nol, uch, besh, bir, to'rt, olti, sakkiz, yetti.
neytral
Kiosklar va yo‘l ko‘rsatish: navbat raqami, qayerga borish.
Navbat raqamingiz yigirma sakkiz, iltimos, ikkinchi qavatdagi beshinchi darchaga boring.
Hissiyotli
Qo‘ng‘iroq mashqi trenajyorlari, o‘yinlar va hikoyalar uchun hissiyot bilan gapirayotgan mijoz. Gapiring Edge v1 tomonidan har bir kayfiyat uchun bittadan jumla.jahldor
Nimaga kartamdan pulni ikki marta yechib oldinglar? Yarim soatdan beri telefon qilaman, hech kim ko'tarmaydi-ku!
xafa
Oyimning tug'ilgan kuniga sovg'a buyurtma qilgandim, xo‘rsinish vaqtida olib kelmadinglar, rosa xafa bo'ldim to'g'risi.
asabiy
Uchinchi marta boshqa bo'limga ulayapsizlar, arizamni bugun hal qilib berasizlarmi yo'qmi?
xavotirli
nafas Hisobimdan ikki yuz ming so'm yechilib ketibdi, lekin to'lov hali ham o'tmadi.
charchagan
xo‘rsinish Ertalabdan beri shu muammo bilan yuguraman, iltimos, hammasini o'zingiz tekshirib bering.
shubhali
Besh daqiqada tuzatamiz deyapsiz-u, pauza kecha ham xuddi shunaqa deb va'da bergandingiz.
gangigan
Hisobni yangilash uchun avval parolni teramanmi yoki boshqa bo'limga o'tishim kerakmi?
shoshilgan
Vaqtim juda zich, nafas uzoq tushuntirmasdan, xizmatni qanday o'chirishni tezroq ayting.
hazilkash
kulgi Sizlarga tushish lotereya yutishdan ham qiyin ekan-ku, xayriyat ovozingizni eshitdim.
minnatdor
Baraka toping, singlim, juda tushunarli va chiroyli qilib tushuntirdingiz, ishingizga rivoj bersin.
qiziquvchan
Agar yillik obunaga o'tsam, har oy qancha mablag' tejashim mumkinligini bilmoqchi edim.
samimiy
Assalomu alaykum, yaxshimisiz, charchamay ishlayapsizmi, sizdan bir kichik masalada maslahat so'ramoqchi edim.
xotirjam
Assalomu alaykum, uy manzilim o'zgargani uchun shartnomadagi ma'lumotlarni yangilab qo'ymoqchi edim.
keksa
Bolam, qulog'im sal og'irroq, pauza shoshmasdan, sodda qilib tushuntirib bersangiz.
Matn ichida [pause], [laugh], [breath] va [sigh] ham yozish mumkin.
Odatdagidek yozing. O‘zbekchasiga o‘qiydi.
Model bilan birga Gapi serverlaridagi matn tahlili ham keladi.
Sonlar, sanalar, pul va telefon raqamlari
So‘zga aylanadi; kirill lotinga o‘tadi, emodzi va belgilash tozalanadi. Adabiy tilda yoki Toshkent so‘zlashuv shaklida.
Inglizcha so‘zlar va brendlar
564 654 ta o‘qilishdan iborat lug‘at inglizcha so‘z va brend nomlarini o‘zbeklar aytganidek, qo‘shimchalari bilan o‘qiydi.
Ikkalasi ham Python da ishlaydi. Brauzer versiyasi matnni boricha o‘qiydi — u yerda sonlarni so‘z bilan yozing.
Bir necha qator kod — va model gapiradi
Har bir platformada bir xil boshlanadi: paketni o‘rnating va chaqiring.
Oflayn ovozli agentlar va operatorlarni o‘qitish
Noutbukda yoki yopiq tarmoqdagi ovozli agent, yangi operator jahldor yoki xafa qo‘ng‘iroqchi bilan mashq qiladigan trenajyor — barchasi ulanishsiz.
Mobil ilovalar
Bank, yetkazib berish, ta’lim: ilova telefonning o‘zida o‘zbekcha gapiradi — metroda, yo‘lda, har bir foydalanuvchi uchun server xarajatisiz.
Kiosklar va terminallar
Elektron navbatlar, to‘lov terminallari, o‘z-o‘ziga xizmat kiosklari: tarmoq uzilsa ham e’lonlar yangrayveradi.
IoT va qurilmalar
Aqlli uy, domofonlar, avtomobillar: videokartasiz, qurilmaning o‘z protsessorida ovoz.
Qulaylik va ovoz chiqarib o‘qish
Ekran suxandonlari, kitob va hujjatlarni jumlama-jumla ovoz chiqarib o‘qish, ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun interfeyslar.
Banklar, klinikalar, davlat sektori
Balanslar, tashxislar va pasport ma’lumotlari saqlangan joyida ovozga aylanadi. Matn qurilmadan chiqmaydi, uchinchi tomonga hech narsa ketmaydi.
Server — foydalanuvchining o‘z qurilmasi.
Bulutli ovoz — tarmoq orqali borib-kelish, daqiqabay to‘lov va matningiz nusxasi begona serverda qolishi degani. Qurilmadagi modelga bularning hech biri kerak emas.
Protsessorning ikki oqimida real vaqtdan tezroq.
O‘lchov: stol kompyuteridagi Intel i5-13600KF da onnxruntime 1.23, operator va yordamchining 23 ta jumlasi, 184 soniya ovoz, har bir sozlamaga alohida jarayon.
Bir necha qator kod — va model gapiradi
Har bir platformada bir xil boshlanadi: paketni o‘rnating va chaqiring.
CPU, PyTorch kerak emas. Large (346 MB, tovush tiniqroq) yoki Edge (117 MB, taxminan 2,5 marta tezroq); matn normalizatori yoqilgan, inglizcha so‘zlar lug‘ati ixtiyoriy.
pip install gapiringfrom gapiring import Gapiring
tts = Gapiring("large", precision="int8", dictionary=True) # or Gapiring("edge")
tts.save("hello.wav", "Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice="f1", role="assistant", manner="warm")
for chunk in tts.stream("Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice="m1", role="operator", manner="calm"):
play(chunk) # float32, 24 kHz mono, as it is madeBrauzer va Node, WebAssembly. Model bir marta yuklab olinadi.
npm install gapiringimport { Gapiring } from "gapiring";
const tts = await Gapiring.load();
for await (const chunk of tts.stream("Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", { voice: "f1", role: "assistant", manner: "warm" })) {
play(chunk); // Float32Array, 24 kHz mono, as it is made
}Edge modeli kutubxona ichida (taxminan 100 MB): internetsiz ishlaydi, Android 7.0 va undan yangi.
// settings.gradle.kts
dependencyResolutionManagement {
repositories {
google(); mavenCentral()
maven("https://huggingface.co/islomov/gapi-uz-gapiring-v1/resolve/main/android/maven")
}
}
// app/build.gradle.kts
dependencies { implementation("uz.gapi:gapiring:0.1.6") }import uz.gapi.gapiring.Gapiring
val tts = Gapiring.create(context) // off the main thread: unpacks the model on the first run
tts.play("Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice = "f1", role = "assistant", manner = "warm")Edge modeli Swift paketi ichida (ilovada taxminan 150 MB): internetsiz ishlaydi, iOS 15.1 va undan yangi, Apple silicon’da macOS 14 va undan yangi.
// Xcode: File > Add Package Dependencies... and enter https://github.com/Islomov49/gapiring-ios
// or in Package.swift:
.package(url: "https://github.com/Islomov49/gapiring-ios.git", from: "0.1.6")import Gapiring
let tts = try Gapiring() // off the main thread
tts.play("Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice: "f1", role: "assistant", manner: "warm")Ochiq kodli. Har qanday maqsadda bepul.
Shu jumladan tijorat maqsadida ham: chegara yo‘q, so‘rov yo‘q, pulli litsenziya yo‘q.
Barcha uchun, tijorat mahsulotlarida ham
- Kod — MIT litsenziyasi ostida: ishga tushirish muhitlari, kutubxonalar, normalizator
- Model fayllari, ovozlar va lug‘at — CC BY 4.0 ostida
- Ulashganda muallifni ko‘rsating: Gapiring by Gapi, an adaptation of Kyutai Pocket TTS
O‘qitish va integratsiyada yordam
- Modelni ehtiyojingizga moslab o‘qitamiz: ovoz, atamalar, nutq uslubi
- Ilova, koll-markaz yoki qurilmangizga o‘rnatishga yordam beramiz
- Shartlarni bitta suhbatda kelishamiz
Savol va javoblar
Internet kerakmi?
Yo‘q. Ikkala model ham o‘z qurilmangizda yoki serveringizda ishlaydi, matn ham, ovoz ham undan tashqariga chiqmaydi.
U qayerda ishlaydi?
Edge oddiy kompyuter protsessorida va brauzerda videokartasiz ishlaydi, telefon ilovalari uchun ham mo‘ljallangan; telefon raqamlarini o‘lchovdan keyin e’lon qilamiz. Large — server yoki ish kompyuteri uchun.
Tijorat mahsulotida ishlatsam bo‘ladimi?
Ha, bepul va hech qanday so‘rovsiz. Kod — MIT litsenziyasi ostida; model fayllari, ovozlar va lug‘at — CC BY 4.0 ostida: ularni ulashganda muallif sifatida Gapiring by Gapi, an adaptation of Kyutai Pocket TTS deb ko‘rsating.
Modelni qanday olaman?
Hugging Face’dan: ikkala model, normalizator va lug‘at; pip, npm, Android va iOS paketlari — «Boshlash» bo‘limida.
Sonlar va inglizcha so‘zlarni o‘qiydimi?
Ha. Normalizator son, sana, summa va telefon raqamlarini so‘zga aylantiradi, lug‘at esa inglizcha so‘z va brendlarni o‘zbekchasiga o‘qiydi. Ikkalasi ham Python da ishlaydi; brauzerda sonlarni so‘z bilan yozing.
Keling, gaplashamiz.
Ismingiz va raqamingizni qoldiring — bir ish kuni ichida o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.