Qo‘ng‘iroqlarga o‘zbekcha javob beradigan agent.Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob beradi, o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi va natijani tizimingizga yozadi.
Agent suhbatdoshni eshitadi, o‘ylaydi va o‘zbekcha gapiradi. Biznesingiz haqida bilishi kerak bo‘lgan hamma narsa bitta ko‘rsatmada yoziladi.
Operator qiladigan ishni qiladi.
Agent suhbat davomida tizimingizga murojaat qiladi, kerak bo‘lsa odamga ulaydi va har bir qo‘ng‘iroqdan yozuv hamda matn qoldiradi.
To‘rt qadam.
Agentni kabinetda tasvirlaysiz, brauzerda gaplashib tekshirasiz va raqamni ulaysiz.
Ko‘rsatmani AI-yordamchingiz yozadi.
Kabinetdan topshiriqni nusxalang va kod yozadigan AI-yordamchingizga bering. U saytingiz va repozitoriyingizdan biznesni o‘rganadi, yetishmagan savollarni sizdan so‘raydi, ko‘rsatma yozadi va agentni yaratadi.
- Yaratishdan oldin ko‘rsatmani sizga ko‘rsatadi: narxlar va va’dalarni tekshirasiz
- Qo‘ng‘iroq yozuvlaringizdan mijozlar nima so‘rashini o‘rganadi, faqat ruxsatingiz bilan
- 5–10 qo‘ng‘iroqdan keyin sozlamalarni qayta ko‘rib chiqadi
# kabinetdagi «Topshiriqni nusxalash»
https://console.gapi.uz/docs/agent-setup.md sahifasini
o‘qi va biznesim uchun Gapi ovozli agentini sozla.
API manzili: https://console.gapi.uz
Loyiha tokeni: gapi_ab12cd34_…
Avval shu repozitoriyda biznes haqida nima borligini
o‘rgan, keyin yetishmaydigan savollarni mendan so‘ra.Ro‘yxatdagi mijozlarga o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi.
Gapi Voice Agent Studio: xariddan keyingi fikr, yangi arizalar va eslatmalar uchun ochiq dastur. O‘z kompyuteringizda ishlaydi, ro‘yxatlar va javoblar sizda qoladi.
- Excel ro‘yxati yoki CRM bosqichiVoronka bosqichidagi kartochkalar qo‘ng‘iroq ro‘yxatiga aylanadi.
- Ruxsat etilgan soatlarda, qismlarga bo‘libQayta urinishlar va stop-ro‘yxat bilan; avval o‘z telefoningizga sinov qo‘ng‘irog‘i.
- Natija kartochkaga yoziladiHar bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, matni va natijasi bitta jadvalda.
Agentni API orqali chaqiring.
Qo‘ng‘iroq loyihangizga ulangan raqam orqali ketadi. Tugagach, yozuv va matn bir necha soniyada tayyor bo‘ladi.
curl -X POST https://console.gapi.uz/v1/voice/calls \ -H "Authorization: Bearer $GAPI_TOKEN" \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"agent_id": "<agent id>", "to": "+998901234567", "variables": {"client_name": "Ali"}}' # keyin GET /v1/voice/calls/{id}/recording # ikki kanalli WAV GET /v1/voice/calls/{id}/transcript # matn va natija
Savol va javoblar
Qanday boshlash mumkin?
Ovozli agentlar hozir taklif bo‘yicha ochiq. Bizga yozing: loyihangizda «Ovozli agentlar» bo‘limini yoqamiz va birinchi agentni birga sozlaymiz.
O‘z telefon raqamim bilan ishlaydimi?
Ha. Aloqa operatoringiz bergan SIP-server manzili, login va parolni kabinetda kiritasiz; agent shu raqamga kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va shu raqamdan qo‘ng‘iroq qiladi.
Odamga ulay oladimi?
Ha. Qachon ulashni sozlamalarda yozasiz, masalan, mijoz odam bilan gaplashmoqchi bo‘lsa. Xodim javob bermasa, qo‘ng‘iroq agentga qaytadi.
Narxi qancha?
Loyiha bo‘yicha hisoblanadi. Bir daqiqa suhbat narxi kabinetda ko‘rsatiladi, telefon qo‘ng‘irog‘ining o‘zi esa aloqa operatoringizda to‘lanadi.
Keling, gaplashamiz.
Ismingiz va raqamingizni qoldiring: bir ish kuni ichida o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz. Yoki yozing: islomov@rubai.ai