Matn → ovoz · qurilmaning o‘zida

Gapiring v1

O‘z qurilmangizda ishlaydigan o‘zbekcha matn → ovoz. Edge telefonda, kompyuterda yoki brauzer oynasida ishlaydi; Large — serverda yoki ish kompyuterida. Bulut ham, internet ham kerak emas — matn turgan joyida ovozga aylanadi.

To‘yxona narxiGapiring Edge v1
Qo‘ng‘iroq
Model

To‘rtta qo‘ng‘iroq, har biri ikkala modelda: bitta suhbatning o‘zida ovozlar, rollar va hissiyotlar almashib boradi. Har bir jumla — tahrirlanmagan uchta urinishning eng sarasi.

21 msbirinchi tovushgacha
9,7×real vaqtdan tezroq
0serverga so‘rovlar

Edge stol protsessorida, 2 oqim.

Ikkita model

Bitta ovoz, ikki o‘lcham.

Ikkalasi ham bir xil ikki ovoz, rol va ohangda gapiradi. Qayerda ishlashiga qarab tanlang.

Gapiring Edge v1

Telefon, brauzer va oddiy protsessorlar uchun

  • 110 mln parametr, 117 MB
  • Birinchi tovush 21 ms da, real vaqtdan 9,7× tezroq
  • Brauzerda ham ishlaydi
Gapiring Large v1

Server va ish kompyuterlari uchun, ovozi tozaroq

  • 336 mln parametr, 346 MB (int8) yoki 1,3 GB (to‘liq aniqlik)
  • Birinchi tovush 68 ms da, real vaqtdan 3,8× tezroq (int8)
  • Eshitishga tozaroq, ayniqsa ayol ovozi

Tezlik stol kompyuteridagi Intel i5-13600KF da, 2 oqimda; batafsil — «Tezlik» bo‘limida.

Ohanglar

Uchta rol, yigirmadan ortiq ohang, ikkita ovoz.

Har bir jumlada rol va ohang nomi bilan beriladi. Bu yerdagi barcha namunalar — Gapiring Edge v1, uchta dubldan eng tozasi, montajsiz.

Operator

Mijoz bilan gaplashadigan koll-markaz ovozi.

iliq

Birinchi qo‘ng‘iroq va salomlashish: samimiy, shoshmasdan.

Alyo, assalomu alaykum! Men Namuna kompaniyasidan Jasurman, saytimizda qoldirgan so'rovingiz bo'yicha qo'ng'iroq qilyapman.

quvnoq

Xushxabar, tabriklar, tasdiqlangan ariza.

Xushxabar bor, buyurtmangiz muddatidan oldin tayyor bo'ldi, bugunoq olib ketishingiz mumkin!

hamdard

Uzr va shikoyatlar: yasamaliksiz, chin ko‘ngildan hamdardlik.

Bundan juda afsusdaman, vaziyatingizni to'liq tushunib turibman, masalani hoziroq o'zim hal qilaman.

xotirjam

Qadam-baqadam tartib; xavotirdagi mijozni tinchlantiradi.

Xavotir olmang, kartangiz xavfsiz joyda, avval uni vaqtincha yopamiz, keyin yangisini ochamiz.

ishonchli

Taklif va sotuvlar: dadil, qarorga yetaklaydi.

Bugun ro'yxatdan o'tsangiz, birinchi oy mutlaqo bepul bo'ladi, bu imkoniyatni boy bermang.

lo‘nda

Tasdiqlashlar: qisqa va lo‘nda.

Ma'lumotlarni tekshirdim, hammasi to'g'ri, ertaga soat o'nda yetkazib beramiz.

donalab

Buyurtma raqamlari va kodlar: sekin, bittalab.

Buyurtma raqamingizni yozib oling: to'rt, sakkiz, ikki, bir, uch.

neytral

Balanslar, holatlar, faktlar: tekis va aniq.

Hisobingizda hozir bir million ikki yuz ellik ming so'm mablag' qolgan.

Yordamchi

Ilova, kiosk yoki qurilmadagi jonli yordamchi.

iliq

Salomlashadi va yordam taklif qiladi.

Assalomu alaykum! Namunaning sun'iy intellekt yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?

quvnoq

Bildirishnomalar va xushxabarlar.

Ajoyib yangilik! Buyurtmangiz yo'lda, bugun kechqurun yetib keladi.

hamdard

Sog‘liq va noxush holatlar: ehtiyotkor va e’tiborli.

Bosh og'rig'i juda charchatadi, o'zingizni ehtiyot qiling, sizni bugunoq shifokor qabuliga yozib qo'yaymi?

taskinli

Nimadir xato ketganda: foydalanuvchini tinchlantiradi.

Tushunaman, bu juda noqulay holat. Xavotir olmang, hozir birga hal qilamiz.

xotirjam

Ilova sozlamalari bo‘ylab shoshmasdan yetaklaydi.

Bemalol davom etamiz, endi tilni o'zgartirish tugmasini bosing va ro'yxatdan o'zbek tilini tanlang.

donalab

Telefon raqami yoki kod — yozib olishga ulgurish uchun sekin.

Aloqa raqamimizni yozib oling: to'qqiz, nol, uch, besh, bir, to'rt, olti, sakkiz, yetti.

neytral

Kiosklar va yo‘l ko‘rsatish: navbat raqami, qayerga borish.

Navbat raqamingiz yigirma sakkiz, iltimos, ikkinchi qavatdagi beshinchi darchaga boring.

Hissiyotli

Qo‘ng‘iroq mashqi trenajyorlari, o‘yinlar va hikoyalar uchun hissiyot bilan gapirayotgan mijoz. Gapiring Edge v1 tomonidan har bir kayfiyat uchun bittadan jumla.

jahldor

Nimaga kartamdan pulni ikki marta yechib oldinglar? Yarim soatdan beri telefon qilaman, hech kim ko'tarmaydi-ku!

xafa

Oyimning tug'ilgan kuniga sovg'a buyurtma qilgandim, xo‘rsinish vaqtida olib kelmadinglar, rosa xafa bo'ldim to'g'risi.

asabiy

Uchinchi marta boshqa bo'limga ulayapsizlar, arizamni bugun hal qilib berasizlarmi yo'qmi?

xavotirli

nafas Hisobimdan ikki yuz ming so'm yechilib ketibdi, lekin to'lov hali ham o'tmadi.

charchagan

xo‘rsinish Ertalabdan beri shu muammo bilan yuguraman, iltimos, hammasini o'zingiz tekshirib bering.

shubhali

Besh daqiqada tuzatamiz deyapsiz-u, pauza kecha ham xuddi shunaqa deb va'da bergandingiz.

gangigan

Hisobni yangilash uchun avval parolni teramanmi yoki boshqa bo'limga o'tishim kerakmi?

shoshilgan

Vaqtim juda zich, nafas uzoq tushuntirmasdan, xizmatni qanday o'chirishni tezroq ayting.

hazilkash

kulgi Sizlarga tushish lotereya yutishdan ham qiyin ekan-ku, xayriyat ovozingizni eshitdim.

minnatdor

Baraka toping, singlim, juda tushunarli va chiroyli qilib tushuntirdingiz, ishingizga rivoj bersin.

qiziquvchan

Agar yillik obunaga o'tsam, har oy qancha mablag' tejashim mumkinligini bilmoqchi edim.

samimiy

Assalomu alaykum, yaxshimisiz, charchamay ishlayapsizmi, sizdan bir kichik masalada maslahat so'ramoqchi edim.

xotirjam

Assalomu alaykum, uy manzilim o'zgargani uchun shartnomadagi ma'lumotlarni yangilab qo'ymoqchi edim.

keksa

Bolam, qulog'im sal og'irroq, pauza shoshmasdan, sodda qilib tushuntirib bersangiz.

Matn ichida [pause], [laugh], [breath] va [sigh] ham yozish mumkin.

Kirishda matn, chiqishda o‘zbekcha ovoz

Odatdagidek yozing. O‘zbekchasiga o‘qiydi.

Model bilan birga Gapi serverlaridagi matn tahlili ham keladi.

Sonlar, sanalar, pul va telefon raqamlari

So‘zga aylanadi; kirill lotinga o‘tadi, emodzi va belgilash tozalanadi. Adabiy tilda yoki Toshkent so‘zlashuv shaklida.

YozilganiNarxi 1 250 000 so'm, QR kodni skaner qiling 😊AytilishiNarxi bir million ikki yuz ellik ming so'm, kyu-ar kodni skaner qiling.
YozilganiUchrashuv 25.11.2026 soat 14:30 daAytilishiUchrashuv yigirma beshinchi noyabr ikki ming yigirma oltinchi yil soat o'n to'rt o'ttizda.

Inglizcha so‘zlar va brendlar

564 654 ta o‘qilishdan iborat lug‘at inglizcha so‘z va brend nomlarini o‘zbeklar aytganidek, qo‘shimchalari bilan o‘qiydi.

YozilganiTo'lovni Paymedan qiling, CRMga o'zi tushadi, deadline ertaga.AytilishiTo'lovni Peymidan qiling, si-ar-emga o'zi tushadi, dedlayn ertaga.

Ikkalasi ham Python da ishlaydi. Brauzer versiyasi matnni boricha o‘qiydi — u yerda sonlarni so‘z bilan yozing.

Boshlash

Bir necha qator kod — va model gapiradi

Har bir platformada bir xil boshlanadi: paketni o‘rnating va chaqiring.

Oflayn ovozli agentlar va operatorlarni o‘qitish

Noutbukda yoki yopiq tarmoqdagi ovozli agent, yangi operator jahldor yoki xafa qo‘ng‘iroqchi bilan mashq qiladigan trenajyor — barchasi ulanishsiz.

Mobil ilovalar

Bank, yetkazib berish, ta’lim: ilova telefonning o‘zida o‘zbekcha gapiradi — metroda, yo‘lda, har bir foydalanuvchi uchun server xarajatisiz.

Kiosklar va terminallar

Elektron navbatlar, to‘lov terminallari, o‘z-o‘ziga xizmat kiosklari: tarmoq uzilsa ham e’lonlar yangrayveradi.

IoT va qurilmalar

Aqlli uy, domofonlar, avtomobillar: videokartasiz, qurilmaning o‘z protsessorida ovoz.

Qulaylik va ovoz chiqarib o‘qish

Ekran suxandonlari, kitob va hujjatlarni jumlama-jumla ovoz chiqarib o‘qish, ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun interfeyslar.

Banklar, klinikalar, davlat sektori

Balanslar, tashxislar va pasport ma’lumotlari saqlangan joyida ovozga aylanadi. Matn qurilmadan chiqmaydi, uchinchi tomonga hech narsa ketmaydi.

Nega qurilmaning o‘zida

Server — foydalanuvchining o‘z qurilmasi.

Bulutli ovoz — tarmoq orqali borib-kelish, daqiqabay to‘lov va matningiz nusxasi begona serverda qolishi degani. Qurilmadagi modelga bularning hech biri kerak emas.

0 baytMaxfiylikMatn va ovoz qurilmada qoladi. Sizib chiqadigan ham, uzatiladigan ham hech narsa yo‘q.
oflaynInternetsizMetroda, aloqa yo‘q qishloqda, bankning yopiq tarmog‘ida.
21 msKechikishEdge stol protsessorida matndan 21 ms o‘tib birinchi tovushni beradi: na tarmoq bor, na navbat.
0 so‘mDaqiqabay to‘lov yo‘qBir daqiqa ovozmi yoki million — server xarajati oshmaydi, chunki serverning o‘zi yo‘q.
×NFoydalanuvchilar bilan birga o‘sadiHar bir yangi foydalanuvchi o‘z protsessori bilan keladi. Millionta o‘rnatish uchun yangi temir kerak emas.
Tezlik

Protsessorning ikki oqimida real vaqtdan tezroq.

O‘lchov: stol kompyuteridagi Intel i5-13600KF da onnxruntime 1.23, operator va yordamchining 23 ta jumlasi, 184 soniya ovoz, har bir sozlamaga alohida jarayon.

Model hajmiEdge 117 MB; Large 346 MB (int8) yoki 1,3 GB (to‘liq aniqlik)
ParametrlarEdge 110 mln, Large 336 mln
Ovoz24 kHz mono, 240 ms bo‘laklar bilan oqimli
XotiraEdge ko‘pi bilan 284 MB, Large int8 ko‘pi bilan 748 MB, 2 oqimda
Telefonlar va ARMhali o‘lchanmagan — raqamlarni o‘lchovdan so‘ng e’lon qilamiz
Real vaqtga nisbatan tezlikva birinchi tovush
Edge, 1 oqim6,8×31 ms
Edge, 2 oqim9,7×21 ms
Edge, 4 oqim8,1×25 ms
Large int8, 2 oqim3,8×68 ms
Large, to‘liq aniqlik, 2 oqim1,8×166 ms
Edge brauzerda4,2–4,7×41–140 ms
Tezlik — bir soniya hisoblashda necha soniya ovoz chiqishi. Birinchi tovush — 23 ta jumla bo‘yicha mediana. Bunday hajmdagi modelga ikki oqim yetarli.Brauzer — o‘sha kompyuterda Chrome ichida onnxruntime-web (WebAssembly) bilan Edge, uchta jumla, 117 MB bir marta yuklab olingandan keyin.
Boshlash

Bir necha qator kod — va model gapiradi

Har bir platformada bir xil boshlanadi: paketni o‘rnating va chaqiring.

gapiring 0.1.6

CPU, PyTorch kerak emas. Large (346 MB, tovush tiniqroq) yoki Edge (117 MB, taxminan 2,5 marta tezroq); matn normalizatori yoqilgan, inglizcha so‘zlar lug‘ati ixtiyoriy.

O‘rnatish
pip install gapiring
Misol
from gapiring import Gapiring

tts = Gapiring("large", precision="int8", dictionary=True)   # or Gapiring("edge")
tts.save("hello.wav", "Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice="f1", role="assistant", manner="warm")

for chunk in tts.stream("Assalomu alaykum! Namuna kompaniyasining virtual yordamchisiman, sizga qanday yordam bera olaman?", voice="m1", role="operator", manner="calm"):
    play(chunk)                      # float32, 24 kHz mono, as it is made
Litsenziya

Ochiq kodli. Har qanday maqsadda bepul.

Shu jumladan tijorat maqsadida ham: chegara yo‘q, so‘rov yo‘q, pulli litsenziya yo‘q.

Ochiq kod

Barcha uchun, tijorat mahsulotlarida ham

  • Kod — MIT litsenziyasi ostida: ishga tushirish muhitlari, kutubxonalar, normalizator
  • Model fayllari, ovozlar va lug‘at — CC BY 4.0 ostida
  • Ulashganda muallifni ko‘rsating: Gapiring by Gapi, an adaptation of Kyutai Pocket TTS
Hugging Face’dan yuklab olish
Biznes uchun

O‘qitish va integratsiyada yordam

  • Modelni ehtiyojingizga moslab o‘qitamiz: ovoz, atamalar, nutq uslubi
  • Ilova, koll-markaz yoki qurilmangizga o‘rnatishga yordam beramiz
  • Shartlarni bitta suhbatda kelishamiz
Biz bilan bog‘laning

Savol va javoblar

Internet kerakmi?

Yo‘q. Ikkala model ham o‘z qurilmangizda yoki serveringizda ishlaydi, matn ham, ovoz ham undan tashqariga chiqmaydi.

U qayerda ishlaydi?

Edge oddiy kompyuter protsessorida va brauzerda videokartasiz ishlaydi, telefon ilovalari uchun ham mo‘ljallangan; telefon raqamlarini o‘lchovdan keyin e’lon qilamiz. Large — server yoki ish kompyuteri uchun.

Tijorat mahsulotida ishlatsam bo‘ladimi?

Ha, bepul va hech qanday so‘rovsiz. Kod — MIT litsenziyasi ostida; model fayllari, ovozlar va lug‘at — CC BY 4.0 ostida: ularni ulashganda muallif sifatida Gapiring by Gapi, an adaptation of Kyutai Pocket TTS deb ko‘rsating.

Modelni qanday olaman?

Hugging Face’dan: ikkala model, normalizator va lug‘at; pip, npm, Android va iOS paketlari — «Boshlash» bo‘limida.

Sonlar va inglizcha so‘zlarni o‘qiydimi?

Ha. Normalizator son, sana, summa va telefon raqamlarini so‘zga aylantiradi, lug‘at esa inglizcha so‘z va brendlarni o‘zbekchasiga o‘qiydi. Ikkalasi ham Python da ishlaydi; brauzerda sonlarni so‘z bilan yozing.

Keling, gaplashamiz.

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — bir ish kuni ichida o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.